Iqtisodchi va moliyachi Jim O’Nilning O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida talaba yoshlar bilan uchrashuvi

Joriy yilning 30-sentabr sanasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida iqtisodchi va moliyachi, “Goldman Sachs Asset Management” kengashi sobiq raisi, BRICs asoschisi Jim O’Nil O‘zbekistonlik iqtidorli talaba yoshlar bilan seminar-trening o‘tkazdi.

        Seminar davomida Jim O’Nil o‘zining rivojlangan davlatlar iqtisodiy ko‘rsatkichlari, rivojlanish bosqichlari va istiqbollari haqidagi taqdimotini namoyish etdi. Shuningdek, iqtisodchi va moliyachi faoliyati davomida erishgan yutuqlari va muvaffaqtiyatlari haqida so‘zlab berdi hamda ushbu sohaga qadam qo‘yayotgan yosh iqtisodchilarga o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda maslahatlar berdi.

        Seminar so‘nggida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi