Qonun ustuvorligi jamiyat kelajagi

Respublikamiz mustaqilligining 30 yillik bayramini nishonladik. O‘tgan kunlarga nazar tashlasak juda ulkan ishlar amalga oshirilganligini ko‘ramiz.

Qonun ustuvorligi jamiyat kelajagi

Respublikamiz mustaqilligining 30 yillik bayramini nishonladik. O‘tgan kunlarga nazar tashlasak juda ulkan ishlar amalga oshirilganligini ko‘ramiz. Xususan sud huquq sohasini isloh qilish borasidagi ishlar diqqatga sazovor. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni shular jumlasidandir. Qonunning maqsadi davlat organlari va davlat muassasalariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida fuqarolar va jismoniy shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, o‘z vaqtida ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Chunki har bir murojaatda bir inson yoki mehnat jamoasining hal qilinishini kutayotgan muammolari yoki jamiyat rivoji uchun qimmatli bo‘lgan taklif va mulohazalari bo‘lishi mumkin.

Joriy yilning yanvar - sentyabr davrida Xorazm viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 68 ta murojaat kelib tushgan, shundan 33 tasi yuqori turuvchi organlardan bosh boshqarmaga yo‘naltirilgan murojaatlar, 25 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan, 10 ta shaxsiy qabullardan iborat murojaatlar hisoblanadi.

Bundan tashqari, tasdiqlangan reja-jadval asosida Bosh boshqarma boshlig‘i va uning birinchi o‘rinbosari tomonidan hududlarda 18 ta sayyor qabullari o‘tkazilib, unda 71 nafar fuqarolardan murojaatlar tushgan, bu murojaatlarni o‘rganish va belgilangan tartibda ijrosini bajarish yuzasidan tumanlar va shaharlar tegishli tashkilotlari raxbarlariga muddatli topshiriqlar berilgan.

  Kelib tushayotgan murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarning asosiy qismi kredit ajratish bo‘yicha, yer masalasida, uy-joy masalasi hamda moddiy yordam ajratish masalalariga to‘g‘ri keladi. Bosh boshqarma vakolati doirasida fuqarolarning muammolarini hal qilish ishlari olib borilmoqda. Hususan joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida jami kelib tushgan 68 ta murojaatdan 11 tasi qanoatlantirilgan, 54 tasi tushuntirish berilgan va 3 ta murojaat ish jaryonida.

Jumladan, joriy yilning 21 may sanasida Xiva tumanida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan N.Sh.E.ning   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga murojaatida, u 2020 yilda Urganch shahridagi Binari Xalqaro Universitetiga o‘qishga  qabul qilinganligi, bir yilgi to‘lov shartnoma puli 2500$ ni tashkil qilishi, bu to‘lovni amalga oshirish uchun oilaviy imkoniyati to‘g‘ri kelmasligini bayon qilgan. Murojaat yuzasidan Bosh boshqarmaning Ijtimoiy soha va inson kapitalini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i X.Pinyazov mas’ul qilib belgilanib, mas’ul xodim Xiva tumani xokimligi bilan hamkorlikda xomiylarni jalb qilgan xolda
12250.0 ming sum mablag‘ to‘lov shartnoma uchun o‘tkazib berilib, murojaat ijobiy hal qilindi.

Yuqorida qayd etilgan qonunning 27-moddasida murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan qaror qabul qilinishi, bu haqda murojaat qiluvchiga darhol yozma yoki elektron shaklda xabar qilinishi qayd etilgan.

Ammo amaliyotda ayrim murojaat mualliflari telefon aloqasi orqali bog‘lanib, ularga murojaatlari bo‘yicha qonuniy huquqlari tushuntirilsa, ular javobdan qanoat qilganliklarini, yozma yoki elektron shakldagi javob berish shart emasligini bayon qiladilar.

Yuqoridagi kabi holatlarda murojaat muallifi bilan bo‘lgan suhbat haqida ma’lumotnoma tuzib qo‘yish, yozma ravshda yoki electron shaklda javob bermaslik maqsadga muvofiqligi ko‘rinadi. Bu bilan oshiqcha xat yozish, rasmiyatchilik oldi olinar edi. Albatta bu taklif qonun chiqaruvchi organlar vakolatiga kiradi.

Qonunlar ustuvorligi jamiyat ravnaqi, kelajagi, barchamiz qonunlarga bir xilda amal qilishimiz lozim.   

 

 

Bosh boshqarma yuriskonsul’ti: B.Sardorov